40 yoshda ham yaxshi jismoniy holatga ega bo‘lishning siri nimada? Sobiq Bellator chempioni javob berdi

  • 2 dekabr, 2024, 17:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida sobiq Bellator chempioni Aleksandr Shlemenko "MMA.Metaratings.ru" saytiga bergan intervyusida 40 yoshda ham yaxshi formaga ega bo‘lish sirini ochib berdi.

Tecno

“Buning siri hayot tarzida. Mutlaqo sog‘lom turmush tarzi, shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Asosiysi, asta-sekin yuqoriga qarab rivojlanamiz. Keyinroq, taxminan 40 yoshda, o‘sishda davom etishimiz qiyin, ammo bir xil darajada uzoq vaqt qolishimiz mumkin. Noto‘g‘ri yashayotgan odam 40 yoshga to‘lmasdanoq bor kuchini yo‘qotadi”, - dedi Shlemenko.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli sportchi 14 dekabr kuni Anatoliy Tokovga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!