
4 ta gol urilgan o‘yinda AGMK "Spartak" klubiga engildi
BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan AGMK klubi bugun Dubaydagi “Jebel Ali Centre stadium”da Moskvaning “Spartak” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. 4 ta gol urilgan uchrashuvda AGMK raqibiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
AGMK: Botirali Ergashev, Eldor Begimov, Anzur Ismoilov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov, Abdulla Abdullaev, Siyavush Haqnazari, Mirjamol Qosimov. urshid G‘iyosov, Martin Boake, Muhammadanas Hasanov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Shoxruh Gadoev, Artyom Filiposyan, Mirjahon Mirahmadov, Oybek Rustamov, Alisher Jalilov, Vitaliy Denisov.
“Spartak: Volkov, Xlusevich, Jikiya, Maslov, Klassen, Pyatkin, Zobnin, Zorin, Ignatev, Keyta Balde, Nikolson.
Gollar: Boake, (24) – Zorin (22), Balde (43), Sobolev (59).
Fikrlar