
37 yoshli Dani Alves yana Evropaga qaytmoqchi
Braziliyalik mashhur himoyachi Dani Alves jamoasini almashtirmoqchi.
"San-Paulu"da to‘p surayotgan 37 yoshli futbolchi yana Evropaga qaytmoqchi. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.
2019 yilda vataniga borgan Alves futboldan tashqari sabablarga ko‘ra, yana "ko‘hna qit’a"ga qaytishni xohlamoqda. U faoliyati davomida "Sevilya", "Barselona", "Yuventus" va PSJ kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar