37 yoshli Benzema “Real”ga qaytishga tayyor
Evropa ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubida o‘ynayotgan frantsiyalik hujumchi Karim Benzema “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar keng tarqala boshladi.
37 yoshli hujumchining o‘zi bu masalaga oydinlik kiritib, o‘z fikrini aytdi.
- “Real”ga qaytishim mumkinmi? Florentino Peres hamon “Qirollik klubi” prezidenti ekan, bu g‘oya amalga oshishi mumkin. Men unga hech qachon rad javobini bermayman.
O‘zimni haqiqiy “realchi” deb hisoblayman va buni his qilaman. Madrid hamon mening shahrim. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi Karim.
Benzema 2009-2023 yillar davomida “Real”da to‘r tepgan. Madridliklar safida to‘rt marta Ispaniya chempioni, uch bor mamlakat kubogi sohibi va besh karra Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Eng muhimi esa, Karim Benzema “Real”dagi o‘yinlari ortidan 2022 yili futbolchilarning eng nufuzli individual sovrini – “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.



Fikrlar