35 yoshli Modrich "Real" bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 14 aprel, 2021, 16:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich “Real” bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lum qildi.

Tecno

“Biz muzokaralar olib boryapmiz, hozircha barchasi ijobiy ketmoqda. Hozir bundan ortiq gap ayta olmayman. "Real"da o‘ynashni davom ettirmoqchiman. Bu erda hamma narsa menga mos keladi. Keyingi mavsumni "qirollik klubida" o‘tkazishga umid qilaman”, - dedi 35 yoshli futbolchi.

Luka Modrich “Real”ga 2012 yil “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi.

Modrich joriy mavsum La Ligada jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!