
35 yoshli Messi joriy mavsum 33 ta o‘yinda 44 ta golda bevosita ishtirok etdi
Frantsiya chempionatining 21-turi doirasida PSJ safarda “Monpele”ga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Poytaxtliklar safida gollardan birini ajoyib mavsum o‘tkazayotgan hujumchi Lionel Messi kiritdi.
35 yoshli argentinalik hujumchi joriy mavsum Argentina terma jamoasi va PSJ klubi tarkibida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Lionel ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 26 ta gol va 18 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Aytish kerakki, Messining Frantsiya grandi bilan shartnomasi shu mavsum oxirida nihoyasiga etadi. Hozirdi tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Fikrlar