33 yoshli Nagelsmann qanday qilib futbol tarixiga kirdi?

  • 28 aprel, 2021, 20:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yozda "Bavariya"ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi. 33 yoshli mutaxassis bu borada Xans-Diter Flikning o‘rnini egallaydi.

Tecno

Bild nashri muxbiri Kristian Falkning ma’lum qilishicha, "RB Leyptsig" o‘z murabbiyi uchun myunxenliklardan 25 mln evro tovon puli oladi. Shu sababli Nagelsmann endi futbol tarixidagi eng qimmat murabbiy sifatida qayd etiladi.

Shu kungacha eng qimmat tovon puli evaziga sotib olingan murabbiylar reytingini Joze Mourino boshqarib kelayotgan edi.  2010 yilda "Real" Mourino uchun "Inter"ga 16 mln evro to‘lagan. Undan keyingi o‘rinda esa Andre Villash-Boash (2011 yil "Portu"dan "Chelsi"ga 15 mln evroga) bormoqda.

Nagelsmann “RB Leyptsig”dan avval bir necha mavsum “Xoffenxaym” klubida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!