3 nafar o‘zbekistonlik jangchi Qozog‘istonda oktagonga ko‘tariladi

CHERY AUTO

19 iyun kuni Qozog‘istonning Atirau shahrida MMA bo‘yicha jang kechasi o‘tkaziladi. "MFC" promousheni tomonidan tashkil etilayotgan turnirda 3 nafar hamyutlarimiz ham oktagonga ko‘tariladi. Bahodir Tillaboev qo‘l ostida shug‘ullanib kelayotgan Islombek Xakimjonov, Bobur Abdulazizov va Nasirullo Mamasolievlarning barchasi mezbonlar vakillariga qarshi jang olib boradi.

Tecno

Islombek Xakimjonov (debyut) - Shingiz Kamal (debyut)
Bobur Abdulazizov (4-0) - Adilbek Kayirgali (3-1)
Nasirullo Mamasoliev (debyut) - Berdibek Sirjanov (debyut)

Kechaning asosiy jangida Qozog‘istonning taniqli jangchisi Kuat "Nayman" Hamidov Ukraina vakili Roman Golovinovga qarshi kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Hamidov o‘zbek MMA olamining ilk vakillaridan biri Ayubxon Kamolov bilan ikki bora to‘qnash kelgan bo‘lib, birinchisida hamyurtimiz g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyingisida hakamlarning hurmacha qarorlari sabab imkoniyatni boy bergan.

photo_2021-06-12_19-14-02

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!