
285 ta gol urgan mashhur yulduz “Milan”dan qaerga ketishini e’lon qildi
“Milan” safida to‘p surib kelayotgan frantsiyalik hujumchi Olive Jiru faoliyatini boshqa ligada davom ettirishini e’lon qildi.
- Sizlarga keyingi ikkita uchrashuv “Milan” tarkibidagi so‘nggi o‘yinlarim bo‘lishini aytishni istayman. Faoliyatimni MLSda davom ettiradigan bo‘ldim.
“Milan”dagi uch mavsumim davomida nimalarga erishgan bo‘lsam, ularning barchasi bilan faxrlanaman. Hozir ketish haqida e’lon qilish uchun eng qulay furmat.
Mening “Milan”dagi tarixim bu yil poyoniga etadi, lekin bu klub mangu qalbimda qoladi, - dedi Olive Jiru.
Ma’lumotlarga qaraganda, 37 yoshli forvard “Los-Anjeles” klubi bilan kelishuvga erishgan.
Olive Jiru klublardagi faoliyati davomida “Grenobl”, “Tur”, “Monpele”, “Arsenal” va “Chelsi”da ham faoliyat yuritib, umumiy hisobda 716 ta uchrashuvda 285 ta gol va 97 ta assist qayd etgan.
Fikrlar