27 yanvar kuni Toshkentda professional boks kechasi tashkil etiladi yoxud Sevonrets Okadzavaga qarshi o‘zbek bokschisi!

  • 24 yanvar, 2022, 17:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Toshkent shahridagi "Universal" sport majmuasida havaskor boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur qit’a birinchiligi 29 yanvarga qadar davom etadi. 

Tecno

Qiziqarli jihati, 27 yanvar kuni Osiyo chempionatida dam olish kuni munosabati bilan ushbu majmuada professional boks kechasi, o‘ziga xos shou tashkil etiladi. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Markaziy jangda yaponiyalik jahon chempioni Sevonrets Okadzava va hamyurtimiz Abdurasul Ismoilov to‘qnash keladi. Ular -67 kg vazn toifasida jang olib boradi va 4 raunddan iborat bo‘ladi. 

Shuningdek, ushbu kechada iste’dodli vakilimiz -61 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan, Abdulaziz Najmiddinov ham ringga ko‘tariladi. Uning raqibi yana bir yurtdoshimiz Abbosbek Ashuraliev bo‘ladi. 

Yana ushbu kechadan uchta jang o‘rin olgan. Unda quyidagi juftliklar o‘zaro kuch sinashadi. 

- 61 kg

Shukurjon Toshboltaev - Farrux Arslonov,

- 69 kg

Dilshod Isroilov- Jamshid Karimov,

-90 kg

Donyorbek Komarov - Shohruh Almatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!