
25 yillikning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Four Four Two jurnali talqiniga ko‘ra oxirgi 25 yillikning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Reytingdan 25 futbol o‘rin olgan. Reytingga 1994 yilda jurnalning birinchi sonidan beri maydonda bo‘lgan futbolchilar kiritilgan.
Ikkinchi o‘rinda portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu qayd etilgan. Uchinchi pog‘ona frantsiyalik Zinedin Zidanga tegishdi.
Qolgan o‘rinlar quyidagicha: braziliyalik Ronaldo, Ronaldino, frantsiyalik Terri Anri, ispaniyalik Xavi, Andres Inesta, italiyalik Paolo Maldini, Roberto Bajo, braziliyalik Rivaldo, italiyalik Fabio Kannavaro, uelslik Rayan Giggz, braziliyalik Kaka, angliyalik Ueyn Runi, portugaliyalik Luish Figu, argentinalik Gabriel Batistuta, frantsiyalik Erik Kantona, xorvatiyalik Luka Modrich, ispaniyalik Serxio Buskets, Raul, angliyalik Pol Skoulz, braziliyalik Romario, ispaniyalik Serxio Ramos va italiyalik Janluiji Buffon.
Fikrlar