2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga Qatar yoki Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi mumkin

  • 7 oktabr, 2020, 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Osiyo Olimpiya kengashi 2030 yilgi Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun Doha (Qatar) va Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shaharlaridan rasmiy talabnomalar oldi. Bu haqda olympic.uz xabar bermoqda.

Tecno

Tashkilotning baholash bo‘yicha qo‘mitasi oktyabr oyining uchinchi haftasida har ikki nomzod shaharda bo‘lib, ularning takliflarini o‘rganadi. Mezbon shahar Osiyo Olimpiya kengashining 2020 yil 16 dekabrda Maskat shahrida bo‘lib o‘tadigan 39-Bosh assambleyasida aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak Osiyo va Parosiyo o‘yinlarining dastlabkisi 2022 yil 10-25 sentyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida, keyingisi 2026 yilda Yaponiyaning Ayti-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!