2023 yilda gol o‘tkazib yubormagan Argentina nimaning evaziga bu darajaga chiqdi?

  • 18 oktabr, 2023, 17:19
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina 2023 yilda xali gol o‘tkazib yuborgani yo‘q. Terma jamoa emas, haqiqiy jamoaga aylana oldi "albisileste".  Kristian Romero, Nikolay Otamendi hamda Emiliano Martinesning bunda o‘rni katta. Garchi, Dibu o‘zining g‘alati fe’l-atvori hamda provokatsion harakatlari bilan ko‘pchilikda salbiy obraz sifatida taassurot qoldirgan bo‘lsa-da, u top darvozabon. Romeroni esa ayni formasida eng kuchli besh mudofaa vakilidan biri, deya olaman. 

Tecno

Kechagi tarkibda 7 futbolchi APLdan edi. Eng kuchli chempionatdan 7 futbolchi bir terma jamoada borligi - yaxshi ustunlik. Messini borligi ularni yana bir daraja yuqoriga ko‘tarsa, Skaloni shakllantirib kelayotgan tajovuzkor futbol + kreativlardan maksimal foydalanayotgan uslubi bu termani mukammalga yaqin darajaga olib chiqdi. 

Nega mukammalga yaqin deyapman. Jamoa 4 yil ichida 51 ta o‘yin o‘tkazib, bir marotaba mag‘lub bo‘ldi. Juda kam gol o‘tkazyapti. Qup-quruqlar soni juda ko‘p. Tarkib e’tibori bilan janubiy amerikaliklar Frantsiya, Braziliya, Angliya yoki Portugaliyachalik "zver" emas. Biroq uslub va shu uslub ichida yashayotgan futbolchilar bir musht bo‘lib, o‘tgan-ketganni savalab tashlayapti. 

Bu erdagi futbolchilarning aksari klublarida ko‘rinmiy ham qoladi. 35 ga kirgan Otamendi, "Lion" bilan qo‘shilib cho‘kayotgan Talyafiko, "Atletiko"da asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan De Paul, vahimasi bir olam-ku, ammo kutilgan natijani bera olmayatgan Entso, xullas, ular bu erda boshqa "level"da harakat qiladi. Bir Lionel o‘zini mahorati bilan termaga katta foyda keltirayotgan bir paytda boshqa bir Lionel qolgan futbolchilarga shakl-shamoyil berish bilan band. Zo‘r sayqallayapti. Haqiqatdan ham natija murabbiyning "masalliq"dan foydalana olish mahorati va ayni vaziyatga mos futbol falsafasidan dalolat. 

"2022'dagi natija bu bir omad edi",  deydiganlarga ular nimalarnidir isbotlash bilan band. "2026'da ham qo‘rqitamiz hammani", deyapti bu jamoa.

 

                             Xudayqulov Karim maqolasi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Shox
18/10/2023 21:01
+++