2019 yilgi O‘zbekiston vitse-chempioni rossiyalik tajribali bokschiga qarshi jang qiladi

  • 20 noyabr, 2020, 01:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

5 dekabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida “RCC Boxing” promouterlik kompaniyasi tomonidan katta professional boks oqshomi tashkil etiladi. Mazkur boks kechasida bir qator hamyurtlarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, havaskor boksda 2019 yilgi O‘zbekiston chempionati kumush medal sohibi Sardor Muzaffarov (4-3,2 KO) ham ringga ko‘tariladi. Unga mezbonlar vakili tajribali Evgeniy Chuprakov raqiblik qiladi.

Tecno

Rossiyalik Chuprakov faoliyati mobaynida 22 ta g‘alaba qayd etib, ularning 12 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Shuningdek, uch bora mag‘lubiyatga ham uchragan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang kechasida Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov (8-1,5 KO) armanistonlik Manuk Dilanyan (11-4-1, 4 KO) bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!