2018 yilgi mavsum reglamenti. Marketing, tijoriy huquqlar va merchendayzing haqida

  • 2 yanvar, 2018, 16:29
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2018 mavsum reglamentida marketing va tijoriy huquqlar, shuningdek, translyatsiyalar huquqi haqida ham alohida bandlar mavjud. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Tecno

Jumladan, O‘FF va PFL o‘z yurisdiktsiyasi ostida o‘tkaziladigan futbol musobaqalari va tadbirlardagi barcha huquqlar egasi hisoblanadi. Bu huquqlarga moliyaviy, tijoriy, marketing, reklama, barcha shakldagi audiovizual va radio yozuvlarga tegishli huquqlar, shuningdek, intellektual mulk hisoblangan emblema va ramzlardagi mualliflik huquqlari kiradi.

O‘FF va PFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarning teletranslyatsiya huquqini qo‘lga kiritgan telekanallar Superliga uchrashuvlarining yuqori sifatli translyatsiyasini ta’minlashlari mumkin. Tasvirga olish ishlari kamida 6ta kamera, shu jumladan, sekinlashtirilgan tasvirlarni namoyish qila oladigan kamera orqali amalga oshirilishi kerak. Translyatsiya huquqini qo‘lga kiritgan telekanallar mavsum davomida birgalikda Superliganing kamida 60% uchrashuvlarini translyatsiya qilishga majburlar.

Translyatsiya huquqini qo‘lga kiritgan telekanallar Superliganing titul/rasmiy homiylari va hamkorlarining reklama roliklarini namoyish qilib borishlari shart. Reklama roliklarini joylashtirish tartibi Tijoriy reglament asosida belgilanadi. Tijoriy reglamentga Superliganing barcha klublari amal qilishlari shart.

Merchendayzing

Futbol klublari merchendayzing mahsulotlarini (klub atributikalaridan foydalanilgan suvenir mahsulotlar) ishlab chiqarish huquqiga egalar. Ishlab chiqarishdan oldin mahsulotlar eskizlari va dizayni PFL marketing bo‘limiga taqdim etilishi va tasdiqlanishi zarur.

Futbol klublari o‘z stadionlarida merchendayzing mahsulotlarini sotuvchi kamida bitta savdo shahobchasini tashkil qilishga majburlar.

Futbol klublari o‘z uy stadionlaridagi uchrashuvlar chiptalarining sotuvidan tushgan mablag‘ning 2 foizini har yili PFL hisobiga o‘tkazib borishlari shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!