
2017 yilning eng yaxshi to‘purari jarohat oldimi?
Londonning “Tottenxem Xotspur” klubi hujumchisi Xarri Keynning Angliya Premer-Ligasi 22-turi doirasida “Suonsi Siti”ga qarshi bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi.
APLning so‘nggi ikki turida xet-trikka erishib, yil davomida 56 gol kiritib, 2017 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Keyn jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.
“Shporlar” ustozi Maurisio Pochettino esa Keynning “oq qushlar”ga qarshi bahsda maydonga tushish yoki tushmasligi uning ahvoliga qarab ma’lum bo‘lishini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, “Suonsi” – “Tottenxem” o‘yini 2 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 00.45 da start oladi.
Fikrlar