
2010 yildan beri birinchi marta frantsuz futbolchilar EChL finalida o‘ynamaydi
10 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida “Manchester Siti” va “Inter” o‘zaro to‘p suradi. Maydonda frantsuz futbolchilari bo‘lmaydi, chunki ikkala klub tarkibida ham "uch ranglilar" a’zolari yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, bu 2010 yildan beri sodir bo‘lmagan.
Qizig‘i shundaki, o‘shanda ham, 2010 yilda "Inter" final ishtirokchilaridan biri edi. O‘shanda Diego Militoning "Bavariya" darvozasiga kiritgan ikkita goli evaziga kubokni qo‘lga kiritishgan. Myunxen klubi bu gal chorak finalda ikki uchrashuvda "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berib, turnirdan chiqib ketdi.
Ma’lumot uchun, haligacha "shaharliklar" futbol bo‘yicha Evropadagi eng nufuzli kubokni qo‘lga kiritmagan.
Fikrlar