
2008 yildan buyon "Oltin to‘p"ni La Liga a’zolari qo‘lga kiritib kelmoqda
Biroz avval, "Barselona" forvardi Lionel Messi 2019 yilgi "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritdi.
Shu bilan, La Liga futbolchilari ketma-ket 11 yildan buyon "Oltin to‘p"ni hech kimga bermay kelishmoqda.
Sovrinni so‘nggi bor, La Liga a’zosi bo‘lmagan futbolchi 2008 yili "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu MYu vakili sifatida qo‘lga kiritgan edi.
2009, 2010, 2011, 2012, 2015 va 2019 yillari Lionel Messi sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu "Real" safida 2013, 2014, 2016 va 2017 yillari "Oltin to‘p"ga ega chiqqan va madridliklarning yana bir futbolchisi Luka Modrich 2018 yili tengsiz deb topilgan.
Fikrlar