20 million evro to‘lagan jamoa Dibalani "Roma"dan olib qo‘yishi mumkin, faqat...

  • 21 iyul, 2022, 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumchi Paulo Dibala va "Roma" o‘rtasidagi 3 yillik shartnoma tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomada futbolchining tovon puli 20 million evroni tashkil etadi.

Biroq, “Roma” 28 yoshli futbolchining maoshini oshirish yoki shartnomasini uzaytirish orqali uning transferiga to‘sqinlik qilish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Dibala “Yuventus”ni erkin agent sifatida tark etib, "Roma"ga tekinga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!