2:0 hisobida oldinda borayotgan "Turon" yakunda "Lokomotiv" bilan ochkolarni bo‘lishib oldi (video)
Bugun Superliganing 3-turiga start berildi. Jumladan, chempionat debyutanti hisoblangan “Turon” o‘z maydonida mamlakatning eng nomdor jamoalaridan biri – “Lokomotiv”ni qabul qildi.
Yaypandagi bellashuv gollarga va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Dastlab, “Turon” Deyan Bonevich (4') va Vladislav Kasminin (11') tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsa, o‘yin yakuniga qadar Javohir Sidiqov (16') va Temurxo‘ja Abduxoliqov (67') gol urib “Lokomotiv”ni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa o‘yin 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar