
19 yoshli hujumchi Bundesligada rekord o‘rnatdi
"Ayntraxt"ning 19 yoshli qanot hujumchisi Jan-Matteo Baoyya Bundesliganing 26-turida "Boxum"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda (1:3) 37,16 km/soat tezlik bilan turnir rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Bundesliganing X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Shu paytgacha Germaniya chempionati tarixida birorta ham futbolchi 36,82 km/soatdan yuqori tezlikka erishmagan edi.
Ushbu uchrashuvda Baoyya gol urdi. U 32-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy mavsumda Baoyya barcha musobaqalarda jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining qiymati 7,5 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar