
19 ta gol urgan mashhur hujumchi maydonda hushini yo‘qotdi (foto)
Italiya chempionatining 26-utrida “Verona” va “Fiorentina” o‘rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida ko‘ngilsiz holat yuz berdi.
Florentsiyalik hujumchisi Moyze Kin o‘zaro kurashda raqibning tizzasiga urilib, hushini yo‘qotdi va maydonga yiqildi. Bu vaziyatda shifokorlar unga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatdi va zanbilda maydondan tashqariga olib chiqib ketdi.
Joriy mavsum Moyze Kin uchun muvaffaqiyatli davom etayotgan edi. Mohir hujumchi barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda 19 ta gol urli.
Kinning “Fiorentina” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha tuzilgan. Bu futbolchini “Arsenal” yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. London superklubi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 30 million evroga baholanayotgan o‘yinchiga 52 million evro taklif qilmoqda.
Fikrlar