19 mart kuni O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlanadi

  • 10 mart, 2022, 18:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

19 mart kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasiga a’zo barcha klub o‘zining O‘zbekiston kubogidagi raqiblarini bilib oladi. Jarayon “Sport” telekanali orqali soat 21:20 dan boshlab jonli efirda ko‘rsatiladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Guruh bosqichida 2021 yilgi mavsumda bo‘lgani kabi 24 ta jamoa kurash olib boradi. “Paxtakor” OFK Chempionlar ligasining guruh bosqichi ishtirokchisi sifatida musobaqaga 1/8 finaldan e’tiboran qo‘shiladi. “Nasaf” klubi 15 mart kuni “Baniyas”ni taslim qila olsa, turnirni 1/8 finaldan boshlaydi, yo‘qsa u ham guruh bosqichidagi raqiblarini 19 mart kuni bilib oladi. 

Shu kuni musobaqaning saralash bosqichiga ham qur’a tashlab beriladi. Saralash o‘yinlari haqida birozdan so‘ng aniqroq ma’lumot taqdim etiladi. 

Shuningdek, an’anaga ko‘ra 2022 yilgi kubok finaliga mezbonlik qiluvchi stadion nomiga ham qur’a yordamida aniqlik kiritib olinadi. Da’vogar stadionlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda qur’aga qadar ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!