18 oktyabrda Zabit Magomedsharipov Kattarga qarshi jang o‘tkazadi

CHERY AUTO

Rossiyalik aralash jang san’ati ustasi Zabit Magomedsharipov AQShning Boston shahrida tashkil etiladigan "UFC Fight Night" turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga UFC reytiningining 11 pog‘onasida borayotgan Kelvin Kattar raqiblik qiladi. Mazkur jang ushbu kechaning ikkinchi eng muxim qarama-qarshiligi deya e’tirof etilmoqda. Markaziy jang esa, yarimog‘ir vazn toifasida Kris Vaydman hamda Dominik Reyes o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu borada ushbu promoushen prezidenti Dana Uayt ESPN ning maxsus efirida aytib o‘tgan.

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!