
17 yoshli futbolchi katta ishni uddaladi
Bundesliganing birinchi tur uchrashuvida “Bavariya” tarixida yangi rekord qayd etildi.
17 yoshli angliyalik yarim himoyachi Jamol Musiala super to‘purar Robert Levandovskining pasidan so‘ng “Shalke” darvozasiga jamoasining sakkizinchi golini kiritdi. Shu tariqa, yosh futbolchi “Bavariya” tarixida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. U gol urgan kuni 17 yoshu 205 kunlik edi. Avvalgi rekord Paragvay terma jamoasi to‘purari Roki Santa Krusga tegishli bo‘lgan.
Jamol Musiala asli Germaniyada tug‘ilgan. Sakkiz yil davomida “Chelsi” akademiyasida tahsil olgan va 2019 yilda “Bavariya” yoshlar jamoasiga ko‘chib o‘tgan. Shu yilning iyun oyida Musiala “Frayburg”ga qarshi o‘yinda debyut qildi va Bundesliga tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Fikrlar