16 yoshli bolakay Bellingem rekordini urdi

  • 17 avgust, 13:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Chempionshipida yangi rekord qayd etildi. O‘tgan mavsum Premer-ligani tark etgan “Lester” quyi ligada doirasidagi o‘yinda “Preston” klubi bilan kuch sinashdi.

Tecno

Uchrashuv 2:1 hisobida “Preston” g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, “tulkilar” futbolchisi Jeremi Monga uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Monga “Preston” darvozasini ishg‘ol qilib, Angliya Chempionshipida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. Shu kuni Monga 16 yoshu 37 kunlik edi.

Avvalgi rekord hozirda “Real”ning eng mashhur yulduzlaridan hisoblangan Jud Bellingem tegishli edi. Jud “Birmingem Siti” sharafini himoya qilib yurgan davrda 16 yoshu 63 kunligida Chempionshipda to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!