15 yoshli Mbappe PSJ safida debyut qildi

  • 17 dekabr, 2022, 12:12
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Itan Mbappe klubi safida ilk bor maydonga tushdi. Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappening 15 yoshli ukasi hisoblanadi.

Tecno

U 16 dekabr, juma kuni "Parij"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Bahs 30 daqiqadan iborat bo‘lgan 2 ta taym formatida o‘tkazildi. Kichik Mbappe Fabian Ruis o‘rniga 45-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga uning akasi Kilian Mbappe JCh finali doirasida Argentiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 20:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!