
15,5 kilogrammlik Stenli kubogining yangi g‘olibi aniqlandi
Rayn O'Raylli, Aleks Petranjelo, Brendon Shenn va Zak Senforddlar tomonidan kiritilgan shaybalarga bostonliklar safida Mett Grizlik bir bor javob qaytara oldi xolos. Shu tariqa seriyadagi ustunlik 4:3 ga etdi Kreyg Beryubi shogirdlari Stenli kubogi g‘olibi bo‘lishdi.
Qayd etish joiz, Missuri shtati vakillari 52 yillik tarixlari davomida ilk bor mazkur nufuzli musobaqada zafar quchishdi. Ma’lumot uchun, Stenli kubogi 15,5 kglik og‘irlikka ega bo‘lib, kumush va nikeldan tayyorlangan. Uning balandligi esa 89,54 santimetrni tashkil etadi.
Boston - Sent-Luis 1:4 (0:1, 0:1, 1:2)
0:1 – 17 O'Raylli
0:2 - 20 Petranjelo
0:3 - 51 Shenn
0:4 - 55 Senford
1:4 - 58 Grizlik
Seriyadagi hisob: 3-4.
Fikrlar