11 nafar kurashchimiz jahon reytingining kuchli 10 taligida

CHERY AUTO

Aprel oyi ko‘plab sport turlari qatorida sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz vakillari uchun ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Ushbu oyda o‘tkazilgan qit’a birinchiligida shohsupaga ko‘tarilgan kurashchilarimiz jahon reytingidagi pog‘onalarini ancha yaxshilab olishdi. Bu avvalo, oldinda kutib turgan yirik musobaqalar, xususan, jahon chempionatida qur’ada qulayroq joydan o‘rin egallash imkonini beradi. E’tiboringizga ayni paytda sport kurashlari bo‘yicha jahon reytingining kuchli 10 taligida turgan kurashchilarimiz haqida ma’lumot beramiz:

Tecno

Erkin kurash:
-70 kg:
1. Magomedrasul Gazimagomedov (Rossiya)
10. Ixtiyor Navro‘zov

-74 kg:
1. Zaurbek Sidakov (Rossiya)
5. Bekzod Abdurahmonov

Yunon-rim kurashi:
-55 kg:
1. Eldaniz Azizli (Ozarbayjon)
2. Ilhom Bahromov

-60 kg:
1. Viktor Siobanu (Moldaviya)
7. Firuz To‘xtaev

-63 kg:
1. Stepan Maryanyan (Rossiya)
2. Elmurat Tasmuradov

-77 kg:
1. Xyonvu Kim (J.Koreya)
6. Bilan Nalgiev

-82 kg:
1. Emrah Kush (Turkiya)
6. Jalgas Berdimuratov

-87 kg:
1. Jan Belenyuk (Ukraina)
10. Rustam Assakalov

-97 kg:
1. Musa Evloev (Rossiya)
7. Jahongir Turdiev

-130 kg:
1. Sergey Semyonov
5. Mo‘minjon Abdullaev

Ayollar kurashi:
-50 kg:
1. Yui Susaki (Yaponiya)
8. Dauletbike Yaxshimuratova

Ma’lumot uchun, ushbu reytingning Tokio Olimpiadasiga ta’siri yo‘q. Sport kurashlari bo‘yicha Olimpiada litsenziyalari jahon chempionati va undan keyin o‘tkaziladigan ma’lum turnirlar orqali qo‘lga kiritiladi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!