
11 iyulga qadar 3 yulduz "Barsa" safiga kelib qo‘shiladi
Xavi Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tishiga ishonmoqda. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Joan Laporta va’dasini bajarib, polshalik forvard bilan shartnoma imzolashiga umid qilmoqda. Xavining fikricha, Robert 11 iyulga qadar "ko‘k-anorranglilar" ixtiyorida bo‘ladi.
11 iyuldan boshlab kataloniyaliklar mavsumoldi mashg‘ulotlarni boshlaydi. Agar Levandovski bilan shartnoma imzolashning imkoni bo‘lsa, u shu kunga qadar jamoaga kelib qo‘shiladi.
Shuningdek, 11 iyul kuni himoyachi Andreas Kristensen "Barselona" safiga kelib qo‘shiladi. Bundan tashqari, Frank Kessi biroz ertaroq, aniqrog‘i, 4 iyul kuni klub bazasiga etib keladi.
Fikrlar