100 yildan ko‘p tarixga ega futbol klubi yo‘q bo‘lib ketdi
Italiya chempionatining C Seriyasida o‘ynagan “Rimini” futbol klubi tugatilgani tufayli musobaqadan chiqdi. Bu haqda Italiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Rimini” yoshlar jamoasining taqdiri hozircha mavhum bo‘lib turibdi.
“Rimini” futbol klubi 1912 yili tashkil etilgan. O‘z tarixi davomida klub ikki marta (1975/1976 va 2004/2005 yilgi mavsumlarda) Italiya C Seriyasida g‘olib chiqqan. Eng yuqori yutug‘i 2006/2007 yilgi mavsumida B Seriyasida beshinchi o‘rin bo‘lgan.
Klub faoliyat yuritgan davrda uning faoliyatida Samir Xandanovich, Alessandro Matri, Serjio Flokkari, Matteo Brigi va boshqa taniqli futbolchilar jamoa tarkibida to‘p tepgan.
Mashhur murabbiylardan Arrigo Sakki ham ushbu klubda ishlagani ma’lum.



Fikrlar