100 million evrolik taklif keldi
Nufuzli manbalardan biri Footmercato xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Neom” klubi Frantsiya chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Meyson Grinvud transferi bo‘yicha ish boshladi.
Manbaga ko‘ra, shayxlar angliyalik hujumchini sotib olish maqsadida “Marsel” klubiga 100 million evro miqdorida badal puli taklif qilgan.
“Neom” Grinvudning murakkab vaziyatlardagi barqaror o‘yinidan juda yaxshi taassurotda va uni jamoa hujumi etakchisi sifatida ko‘rmoqda. Klub futbolchi uchun istalgan raqib bilan raqobatga tayyor.
Grinvud aslida “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Manchesterliklar bir necha yil oldin zo‘ravonlikda ayblangan o‘yinchini tarkibga qaytarishni istamagan edi.
“Marsel” 2024 yilning yozida to‘purarni 26 million evroga sotib oldi va 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzdi.
Grinvud bu mavsumda u 19 ta o‘yinda 11 gol va 4 assist qayd etgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.



Fikrlar