Yozgi biatlon bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

CHERY AUTO

Aprel oyi yozgi biatlon ustalarimiz uchun jiddiy sinovlarga boy bo‘ldi. Shulardan biri O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi o‘quv mashg‘ulotlar bazasida bo‘lib o‘tdi. Bu majmua yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqada respublikamizning turli xududlaridan maxoratli sportchilar imkoniyatlarini namoyish etishdi.

Tecno

Sergey Serebryakov — musobaka bosh xakami

Yozgi biatlon buyicha yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida biz kuplab yosh iqtidor egalarini ko‘rishimiz mumkin. Ular respublikamizning turli xududlaridan kelishgan. Bu albatta kuvonarli. Ilgari poygalarda ma’lum bir jamoa a’zolarini ko‘rar edik. Xozir qatnashchilar geografiyasi kengaygan. Bu esa raqobatning yanada kuchayishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti. O‘smirlar o‘rtasidagi ushbu birinchilik, kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida ishtirok etish imkonini beradi. U erda esa terma jamoaga nomzodlar saralanadi. Shuning uchun xam bellashuvlar keskin kurinish olgan. Umid kilamiz, sovrinli o‘rinlar bir jamoa vakillariga emas, turli jamoalar sharafini ximoya kilayotgan biatlonchilarga nasib etadi. Chunki xar bir jamoada peshkadam sifatida e’tirof etish mumkin bo‘lgan sportchilar talaygina. Omad kimga kulib bokadi buni poygalar yakuniga bilib olamiz.

Yozgi biatlon shunday sport turi-ki, unda engil atletikaning kross va miltiqdan nishonni poylash elementlari mujassam. Biatlonchining asosiy maqsadi, belgilangan masofani maksimal tezlikda yugurib o‘tib, nishonni aniq mo‘ljalga olish. Bir qarashda bu juda oddiy sport turi ko‘rinadi, biroq aslida atletlar nishonni poylashda bexato xarakat qilish bilan birga kuchlilarini masofaning barchasiga bir xil taksimlay olishlari xam kerak.

Yozgi biatlon ustalari xam musobaqalarni boshlashdi. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida Respublikamizning barcha xududlaridan 100 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Ular bir necha xil poygalarda imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi. Jumladan, chempionatning dastlabki kuni biatlonchilar rollerlarda baxs olib borishdi. Qizlar o‘rtasida kechgan qizg‘in bellashuvlarda mezbonlar vakilasi Inobat Tojieva eng yaxshi ko‘rsatgich qayd etdi. Ikkita o‘q otish yo‘lagiga ega 6km lik poygada uning jamoadoshi Naima Bekmuratova ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan poytaxtlik Anastasiya Zolotarenko joy oldi.

Ushbu yo‘nalishda o‘g‘il bolalar o‘rtasida kechgan musobaqada Toshkent viloyati jamoasi a’zosi Dilmurod Abduraxmonov g‘alaba qozondi. Surxondaryolik Vitaliy Slastyon ikkinchi natijaga ega bo‘lgan bo‘lsa, mezbonlardan Beynbet Begasilov uchinchi o‘rinni band etdi.
Musobaqa mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlaridan biri sanalgan yozgi biatlonni yanada rivojlantirish, uni o‘g‘il-qizlar orasida ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni aniqlab olish maqsadida uyushtirildi.

Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogining navbatdagi kuni o‘tkazilgan sprint va pasyut yo‘nalishlari bo‘yicha kechgan bellashuvlarda g‘oliblik uchun kurash yanada shiddatli kechdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi sprint musobaqasida farg‘onalik Muzaffar Mamasoliev zafar quchdi. 4 kilomert masofa va 2 ta o‘q otish yo‘lagidan iborat baxslarda 2-o‘rinni surxondaryolik Vitaliy Slastyon egalladi. Kuchli uchlikdan farg‘onalik Nurmuxammad Qosimov joy oldi.

Qizlar o‘rtasida samarqandlik Sevara Chorieva birinchi bo‘lib marraga etib keldi. Uning jamoadoshi Madina Sagatova 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin namanganlik Shoxsanam Abdullaevaga nasib qildi.

Pasyut poygalarida farg‘onalik Muzaffar Mamasoliev ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Uning jamoadoshi Fayzulla Urazxodjaev kumush medalga munosib deb topildi. Bronza medali mezbon sportchi Begzod Bekovga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasida ushbu yo‘nalishda samarqandlik Sevara Chorieva xamda Madina Sagatova navbatdagi oltin va kumush medallarni qabul qilib oldilar. Namanganlik Adolat To‘raeva bronza medali bilan taqdirlandi.

Musobakaning so‘nggi kunida hakamlar individual poygalarda kuchlilarni saralab olishdi. 7 kilometr masofada 4 ta o‘q otish yo‘lagidan iborat bellashuvlarda 47 nafar sportchi startga chiqdi. O‘smirlar qatnashgan poygalarda mezbonlar vakili Dilmurod Abduraxmonovga teng keladigan sportchi bo‘lmadi. Farg‘onalik Muzaffar Mamasoliev ikkinchi natijani qayd etdi. Kuchlilar safidan surxondaryolik Vitaliy Slastyon joy oldi. Ta’kidlash kerak, mazkur sportchilar avvalgi sprint va pasyut poygalarida xam sovrinli o‘rinlarni band etishgan edi.

Umumjamoa xisobida Farg‘ona jamoasi a’zolari birinchi o‘rinni egallashdi. Namanganlik biatlonchilar ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsalar, Toshkent viloyati sportchilari kuchli uchlikka yakun yasab berishdi.

Yozgi biatlon bo‘yicha navbatdagi musobaqa may oyida bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakat birinchiligi va kubogida yuqori o‘rinlarni egallagan sportchilar O‘zbekiston chempionatida medallar uchun kurashni davom ettirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!