
Van Bommel iste’foga chiqarildi
Eyndxovenning PSV klubi bosh murabbiysiz qoldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra eyndxovenliklar Mark van Bommelni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqarishgan. Klub 42 yoshli gollandiyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi ishlariga omad tilagan.
Ma’lumot uchun, van Bommel PSVni 2018 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Eyndxoven jamoasi Gollandiya chempionatida o‘tgan 17 ta turdan so‘ng 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar