
Superliga pley-off uchrashuvi. "Qo‘qon-1912" "Mash’al"ni penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi
Superliga pley-off uchrashuvi doirasida "Qo‘qon-1912" - "Mash’al" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlar 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad qo‘qonliklarga kulib boqdi - 4:2.
Ilk golni "Mash’al" vakili Sergiy Petrov kiritdi. Muvozanatni tiklovgi golga esa qo‘qonliklardan Boburbek Sobirov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Qo‘qon jamoasi pley-off uchrashuvida zafar quchdi. Endi "Qo‘qon-1912" Superliga yo‘llanmasi uchun yuqori ligada 12-o‘rinni egallagan jamoa bilan kuch sinashadi.
Fikrlar