Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovni mukofotladi

  • 28 dekabr, 2020, 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun, 28 dekabr kuni Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

E’tiborlisi, mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Xitoyning "Tianjin Teda" klubi futbolchisi Odil Ahmedov ham bor. Bugungi tadbirda 33 yoshli futbolchi ham davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi.

"Biz keyingi yillarda yaxshi an’anani yo‘lga qo‘yib, yurtdoshlarimizga mukofotlarni bayram kunida topshirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya sharoitida odamlarimizning sog‘lig‘ini asrash uchun ushbu xayrli tadbirni biroz keyinga surishga to‘g‘ri keldi. Ezgulikning kechi yo‘q, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz ko‘rishib, diydorlashib turibmiz", – dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari mukofotlanganlarni tabriklab, ularga o‘zining yuksak ehtiromini bildirdi. O‘z o‘rnida mukofotlanganlar yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
KIND PRINCE original
29/12/2020 00:12
Одил Ахмедов арзийди. Бундан яхширок мукофотлаям берила. М. Косимовдан кейинги тан олинаган футболчимиз. Терма жамоамизга куп мехнати синди. Канийди Яна 5-6 та шунака жон куяр футболчилар булса. Мухлис сифатида
Одил Ахмедов ва оила аъзоларини табриклаб коламан. Бунданда купрок ютукларга эришишига тилакдошман. Омад тилаб коламан