
“Real” nega Mbappega 117 million evro berdi?
Shu kunlarda Kilian Mbappening kayfiyati juda yaxshi. El Nacional nashrining jurnalist Marsal Lorentega tayanib xabar berishicha, frantsiyalik futbolchining hisob raqamiga katta summa kelib tushgan.
Manbaga ko‘ra, madridliklar Kilian Mbappe ular bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolagani uchun yillik maoshiga qo‘shib, 117 million evro miqdorida bonus pullarini ham to‘lagan.
PSJning futbolchini olib qolish harakatlariga qaramay, Kilian Mbappe yozda Parijdan ketishga qaror qilgan edi.
25 yoshli hujumchi o‘zi orzu qilgan jamoa – “Real” safiga kelib qo‘shildi. Mbappe yangi jamoasiga kelganidan beri barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda qatnashib, 27 ta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar