
Ramazon Temirov TOP 15 talikdagi UFC jangchisiga qarshi oktagonga ko‘tarilishi mumkin
2025 yil 1 mart kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night 253" turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Ramazon Temirov (18-3) ham ishtirok etib, amerikalik Charlz Jonson(17-6)ga qarshi jang o‘tkazishi kutilmoqda. Biroq bu hali rasman tasdiqlanmadi.
Ma’lumot uchun, Jonson super engil vazn toifasi reytingida 12-o‘rinni band etib turibdi. Shuningdek, u UFC dagi oxirgi 4 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar