
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlikni kuchaytirmoqda
So‘nggi yillarda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, barcha yo‘nalishlarda ikki tomon uchun ham birdek manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Ikki mamlakat o‘rtasidagi bu keng qamrovdagi aloqalar dzyudoda ham ko‘zga tashlanmoqda.
Kuni kecha Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Hatori Takashi O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga tashrif buyurdi. Janob Hatori ikki davlat dzyudo federatsiylarininig hamkorlik rishtalari haqida gapirib, so‘nggi yillarda o‘zbek dzyudochilari xalqaro musobaqalar - jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya o‘yinlarida katta yutuqlarga erishayotganini alohida ta’kidladi.
"O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga tashrifim doirasida o‘zbekistonlik yoshlarning dzyudoga qiziqishini ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Yurtingizda juda kuchli dzyudochilar bor. Uzoqqa bormaylik, o‘tgan yili Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin, -100 kg vaznda Muzaffarbek To‘raboev, og‘ir vaznda esa Alisher Yusupov bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Balki, bugungi uchrashuvga kelgan yosh dzyudochilar orasidan ham bo‘lajak olimpiyachilar etishib chiqar" - dedi Yaponiya elchisi.
Tadbirda Butun Yaponiya dzyudo federatsiyasi Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga 80 komlekt kimono sovg‘a qildi. Bu o‘z o‘rnida sport diplomatiyasini rivojlantirish loyihasining bir qismi bo‘lib, u sport orqali xalqaro almashinuv va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar