
O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni eng yaxshi deb topildi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan “UMAG Futsal Nations Cup 2022” turnirida yorqin o‘yinlar namoyish etdi. Xususan, Frantsiyaga qarshi kechgan bahsda futzalchilarimiz raqiblarga qarshi munosib o‘yin ko‘rsata oldi. Shuningdek, kecha o‘tkazilgan Chernogoriyaga qarshi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Kecha mazkur kichik turnirning eng yaxshilari taqdirlandi. O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoamiz darvozaboni Rustam Umarov musobaqaning “Eng yaxshi darvozaboni” deb topildi.
Fikrlar