O‘zbekiston OTJ Eronga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 6 avgust, 2019, 18:57
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi jamoamiz 28 avgust sanasidan e’tiboran yig‘inga kirishadi va rejaga ko‘ra 10 sentyabrga qadar Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Tecno

Mazkur yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Har ikki uchrashuvda ham olimpiyachilarimizga Eron olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari 6 va 9 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
maqsud
07/08/2019 08:28
Manashu òyinlar Qarshida òtishi uchun ovoz yiģamizmi