Ota va o‘g‘il Bellator turnirida g‘alaba qozonishdi

CHERY AUTO

Kecha, Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan Bellator 234 musobaqasida isroillik Xaim Gozali va uning o‘g‘li Aviv Gozali ishtirok etishdi va har ikkisi g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

46 yoshli Xaim (12 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat, MMAdagi 0 durang) birinchi raundda 31 yoshli rossiyalik Artur Proninni (16-4-0) ustidan og‘riqli usulni qo‘llagan holda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 18 yoshli Aviv (4-0-0) ham birinchi raundning o‘zida ozarbayjonlik 21 yoshli Zaki Fatullazodani (14-9-0) bo‘g‘ish uslubi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Xaim Gozali og‘ir vazn toifasida (77,1 kg gacha)  Aviv Gozali esa,engil vaznda (70,3 kg gacha) o‘z janglarini o‘tkazishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!