
“nafosat-2019”: stol tennisi bahslarida g‘oliblar aniqlandi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining tashabbusi bilan Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasi o‘tkazilmoqda.
O‘z mintaqalarida zafar quchgan ayollar ayni damda respublika bosqichida sportning gandbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, badminton va velosport turlari bo‘yicha o‘zaro raqobatlashmoqda.
Bugunga kelib musobaqaning stol tennis bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Ekaterina Turg‘unova, Mardona Ayitova hamda Shabnam Jumaeva shohsupaga ko‘tarildi.
Fikrlar