
Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Profescional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55 kg) WBA va IBF jahon chempionlik kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev o‘zining navbatdagi jangini noyabr oyida o‘tkazishi mumkin. Bu borada muzokara olib borilmoqda.
“Boxingscene” saytining xabar berishicha, “Matchroom” kompaniyasi tomonidan 27 yoki 28 noyabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan jang kechasida Murodjon Ahmadaliev IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar va vaqtinchalik jahon chempioni yaponiyalik Ryosuke Ivasadan (27-3, 17 KO) o‘z kamarini himoya qiladi.
Kechaning asosiy jangida sobiq jahon chempioni Deniel Jeykobs (36-3, 30 KO) ringga ko‘tariladi. Unga raqib sifatida esa, hozircha 2 nafar nomzod - Gabriel Rosado ( 25-12-1, 14 KO) va Jon Rayder ( 28-5, 16 KO) nomi ilgari surilmoqda. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Fikrlar