Muhammad Salohning yangi hunari chiqdi. U dunyoning eng zo‘r shaxmatchisi bilan bellashmoqchi

  • 3 dekabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh futboldan bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishi haqida gapirib berdi. Misrlik yigit shaxmat ishqibozi ekan.

Tecno

- Men shaxmat o‘ynayman. Dona surishga o‘rganib qolganman. Deyarli har kuni onlayn shaxmat o‘ynayman.

Partiya vaqtida ismimni to‘liq yozmayman. Raqamlarni kirib qo‘yaman. Ayrimlar “Haqiqatan sen Muhammad Salohmisan?”, - deb so‘raydi. Ular baribir ishonmaydi.

Men shaxmatni Magnus Karlsen darajasida bo‘lmasa ham, juda yaxshi o‘ynayman. Magnusga qarshi o‘yinda hech kimda yutishga imkoniyat bo‘lmaydi. Men bir kun kelib, u bilan dona surishni umid qilaman, - dedi Muhammad Saloh.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!