Mourino: "Portugaliyaning Jahon chempionatini yutush istagi yo‘q deyish – bemanilik"
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"Agar hozirgi holatga qarasak, terma jamoa tarkibida Portugaliyaning eng yirik klublarida va Evropaning eng kuchli ligalarida to‘p surayotgan futbolchilarni ko‘ramiz. Jamoaning obro‘si juda yuqori va u yanada ortib bormoqda.
Biz har doim o‘tmishdagi futbolchilar va murabbiylar haqida gapirishimiz mumkin, ammo oradan juda ko‘p yillar o‘tdi. Endi yangi iste’dodlar haqida o‘ylash vaqti keldi. Portugaliya futbol federatsiyasi bizda hozir mavjud bo‘lgan sharoitlarni yaratish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Portugaliyaning Jahon chempionatini yutush istagi yo‘q, deyish — bu mutlaqo bemanilik", — dedi Mourino.



Fikrlar