"Moscow Grand-Prix Final". Nikita Rafalovich - yarim finalda!

CHERY AUTO

Rossiyada taekvondo bo‘yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi davom etmoqda.

Tecno

Nikita Rafalovich chorak finalda ispaniyalik Raul Martines Garsiya bilan to‘qnash keldi. Qiziqarli o‘tgan bahsda o‘zbekistonlik taekvondochi 15:3 hisobida g‘alabaga erishib yarim finalga yo‘l oldi. Endi Nikita finalga chiqish uchun ozarbayjonlik Milad Beigi Xarchegani bilan jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rafalovich 1/8 finalda avstraliyalik Jek Martonni 20:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!