“Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022”. O‘zbekiston Yaponiya darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritib, g‘alabani naqd qildi

  • 25 avgust, 2022, 18:53
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” turniri davom etmoqda. 

Ikkinchi tur o‘yinida Yaponiya hamda O‘zbekiston U-16 terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Hamyurtlarimiz safida gollar Ollobergan Karimov, Laziz Mirzaev va Oybek O‘rmonjonov tomonidan kiritildi. Qayd etish lozim, 40-daqiqada mehmonlar vakili Tsuchiya Kaito hakam tomonidan maydondan chetlatildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Myelin SheathXD
25/08/2022 20:59
xakamlar evaziga yutdik. Odamni uyaltiradigan darajada xakamlar ish olib bordi. Endi bu yuz bilan yoponlar bilan qanday ozaro dostlik munosabatlarini olib bora olamiz , bilmadim endi