"Manchester Yunayted" "Bavariya" yarim himoyachisini kuzatmoqda
"Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich "Manchester Yunayted" skautlarining diqqat markaziga tushdi, deb xabar bermoqda "Football Insider".
Manbaning ma’lum qilishicha, 21 yoshli nemis futbolchisiga "qizil iblislar" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi yangi markaziy yarim himoyachi izlamoqda va agar imkoniyat tug‘ilsa, qishki transfer oynasining o‘zidayoq Pavlovichni sotib olishga harakat qiladi.
Yosh futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar hisobida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi. "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Pavlovichning bozor qiymati 55 million evroni tashkil qiladi.



Fikrlar