"London Chess Classic 2025": Nodirbek Abdusattorov 7-turning yakka g‘olibi bo‘ldi!
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov "London Chess Classic 2025" turnirida ishtirok etmoqda. Vakilimiz Lyuk Maksheynni mag‘lub etib, ketma-ket beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Nodirbek 7-turning yakka g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, u avvalroq Maykl Adams, Abhimanyu Mishra va Nikita Vityugovni mag‘lub etgan holda musobaqada peshqadamlikni saqlab kelmoqda.




Fikrlar